22 noy 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/6037_220.jpg)
Sergey Kovalyov: “Adolatsizlik bo'ldi, maksimum 4ta raundda yutqazgandim”
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasi 3ta yo'nalishida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov amerikalik Andre Uordga qarshi kechgan jang natijasidan norozi ekanligini bildirmoqda.
Rossiyalik 33 yoshli bokschining fikrlariga qaraganda, u 12 raunddan ko'pi bilan 4tasida mag'lubiyatga uchragan.
“Hakamlar noxolis baho berishdi. Men k12 raunddan ko'pi bilan 4tasida raqibga imkoniyatni boy berdim. Qolgan raundlarda ishonchli tarzda g'alabaga erishdim. Xatto raqibni nokdaun holatiga ham tushirdim”, - deydi sobiq chempion.
Malumot uchun, shanba kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkazilgan chempionlik jangida amerikalik 32 yoshli Andre Uord ochkolar hisobiga ko'ra shubhali g'alabani qo'lga kiritgandi.
Uchchala hakam ham bir hilda 114:113 hisobida mezbon bokschining g'alabasini taminlashgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar