05 noy 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Kovalyov ikki oyga boksdan chetlatildi
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov Nevada sport komissiyasi tomonidan ikki oyga boksdan chetlatildi.
SHu tariqa, Kovalyov 2020 yilning 2 yanvariga qadar ringga ko'tarila olmaydi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik sobiq jahon chempioni 2 noyabr kuni meksikalik chempion Saul Alvaresga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Bu g'alaba Kaneloni uchta vazn toifasida amaldagi jahon chempioniga aylantirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar