22 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Serrano ettinchi vazn chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi
Birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg) toifasida WBO yo'nalishi chempioni Amanda Serrano etti vaznda jahon chempioni bo'lgan ilk ayol bokschiga aylanishga yaqin turibdi.
Serrano 18 yanvar kuni birinchi engil vazn (52,16 kg)da WBC yo'nalishi chempioni Eva Forabergerga qarshi ringga ko'tariladi. G'alaba qozongan taqdirda o'zi uchun ettinchi vazn chempioniga aylanadi.
Bu bilan u afsonaviy Oskar De La Xoyyani ortda qoldiradi. Oskar olti vaznda jahon chempioni hisoblanadi. Bu borada sakkiz vaznda jahon chempioni bo'la olgan Menni Pakyao birinchi o'rinda boryapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar