24 iyu 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexoyani nokautga uchratgan Rigondo WBO kamariga rasmiy davogarga aylandi
Sobiq jahon chempioni Gilermo Rigondo yana bir bor jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Rigondo 2017 yilda Vasiliy Lomachenkoga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Kubalik bokschi kecha meksikalik Xulio Sexoyaga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini sakkizinchi raundda texnik nokautga uchratdi.
Rigondo ushbu g'alabasi evaziga ikkinchi engil vazn toifasida WBC chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylandi. Hozirda meksikalik Rey Vargas ushbu yo'nalish chempioni bo'lib turibdi.
Etiborga molik jihati shundaki, nokautga qadar Rigondo 65:68, 65:68, 66:67 hisobida raqibiga yutqazayotgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar