13 mar 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexudo Konorning mashg'ulotlarini tanqid qildi
Bunga javoban Konor uni nima deb atadi?
Sobiq UFC chempioni, erkin kurash bo'yicha Olimpiada chempioni Genri Sexudo Konor Makgregorni tanqid qildi. Amerikalik irlandiyalikning boks bo'yicha mashg'ulotlaridagi kamchiliklarni o'z Tvitter sahifasida yozib qoldirdi.
"Qo'llaring pastga tushdi va sen masofani his qilmaysan. Sen haqiqatni o'zingga aytmaydigan har qanday soxta do'stlardan uzoqroq yur. Faqat buyuklardan maslahat ol”, - deb yozgan Sexudo.
Konor esa bunga javoban Genrini “badbo'y kichkintoy” deb atagan. Makgregorning so'zlarini Sexudo ham etiborsiz qoldirmadi.
"Men bunga qarshi emasman. Ular seni doim yugurtirishi mumkin. Agar men to'g'ridan-to'g'ri engil vaznga qaytsam, nima deysan?", - deya javob qaytargan Sexudo.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar