12 avg 20:19
Yangiliklar

Sexudoning aniq "tomi" ketibdi, u endi Valentina SHevchenkoni jangga chorladi
Bu safar amerikalik jahon chempioni ayollar o'rtasida engil vaznda UFC chempioni, qirg'izistonlik go'zal Valentina SHevchenkoni oktagonga chorladi. SHevchenko kuni kecha o'z chempionlik kamarini ikkinchi marotaba himoya qilgan edi.
"Engil vazn toifasi qirolichasi Valentina SHevchenko bilan oktagonda to'qnash kelishni istardim. CHunki unda "oltin" bor. Men esa engil vazndagi barcha chempionlik oltin kamarlarini o'z qo'limda birlashtirmoqchiman. Bu bilan ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida chempion bo'lish bo'yicha birinchi jangchiga aylanaman. SHevchenko, men seni jangga chorlayman. Sen keyingisisan", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan erkin kurash bo'yicha Olimpiada, ikki vaznda UFC chempioni Sexudo.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Genri Sexudo ayollar o'rtasida ikki vazn toifasida UFC chempioni, braziliyalik Amanda Nunesni ham oktagonda jang qilishga chorlagan edi.
Fikrlar