25 noy 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23362_220.jpg)
SHabranskiy va Kovalyov taroziga chiqishdi
AQSHning Nyu-York shahrida ertangi professional boks kechasi oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimi bo'lib o'tdi.
Ertangi oqshomning markaziy jangi yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyov hamda ukrainalik Vyacheslav SHabranskiy o'rtasida o'tkaziladi.
Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini
bajarishdi. Ukrainalik bokschi 79,28, Kovalyov esa 78,92 kg tosh bosdi. Hamyurtimiz
Abror Tursunpo'latov aynan rossiyalik bokschiga murabbiylik qilyapti.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar