22 apr 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahnoza Yunusova yaponiyalik raqibasi bilan to'qnash keldi
Bangkokda davom etayotgan Osiyo chempionatida yana bir bokschimiz o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Hozirgina -69 kg vazn toifasidagi bokschi qizimiz SHahnoza Yunusova o'zining ikkinchi jangini o'tkazdi. SHahnoza yaponiyalik Makoto Kikuchiga qarshi ringga ko'tarildi.
Uch raund davom etgan jang yakunida Yunusova kuchli raqibasini mag'lub etishning uddasidan chiqdi va yarim final chiptasini qo'lga kiritdi. Bu kamida bronza medali!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar