So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

05 apr 18:54
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov jahon boksi nigohida: "Bu kecha men uchun unutilmas bo'ladi"

Rio Olimpiadasi chempioni SHahobiddin Zoirov bugun Dubayda professional boksda o'zining debyut jangini o'tkazadi.

Rio Olimpiadasi qirollaridan biri “Emirates Golf Club”da ringga chiqadi. Bugun ESPN va IFL TV kameralari SHahobiddin tomonga qaratiladi. Bu kecha unutilmas bo'lishi aniq, sababi jang oqshomida o'n to'qqiz mamlakatdan tashrif buyurgan sportchi ringga ko'tariladi. Ushbu jang oldidan "MTK Global" promouterlik kompaniyasi bokschimizning fikrlarini taqdim etdi.

"Boks olamida o'z nomiga ega bo'lgan bokschilar bilan bir safda ringga ko'tarilishdan hursandman. Men bugun vatanim va "MTR Global" shanini muvaffaqiyatli himoya qilishiga harakat qilaman. Bu kecha men uchun unutilmas bo'ladi.

Boks dunyo bo'ylab ommalashmoqda, shu boisdan Dubaydagi jang oqshomi muhim voqeadir. Bu erda ko'plab muxlislarga ega bo'lamiz.

Men juma oqshomida tomoshaga kelgan barcha muxlislarga qiziqarli jang tashkillashtirishni maqsad qilganman. Prof ringdagi maqsadim tezroq jahon chempionligiga erishishdir", - dedi Zoirov.

Eslatib o'tamiz, SHahobiddin Zoirov ishtirokidagi jang birozdan so'ng boshlanadi. Avvalroq, jangni tomosha qilish uchun HAVOLAni taqdim etgandik. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing