04 apr 16:09
Yangiliklar

SHahobiddin Zoirov: "Prof ringda o'z so'zimni aytadigan vaqt keldi"
"Olimpiada chempioni sifatida ushbu jang oqshomidagi ishtirokim qay darajada ahamiyatli ekanligini tushunib turibman. Maqsadlar ulkan. O'z maqsadimga etish uchun har qanday raqibni mag'lub etishga tayyorman.
Havaskor boksda erishgan natijalarim bilan faxrlanaman. Ammo, professional ringda ham o'z so'zimni aytadigan vaqt keldi.
Juma kuni o'tkaziladigan jangda menga kim raqiblik qilishining u qadar ahamiyati yo'q. Olimpiya o'yinlari chempionligi va ko'nikmalarim menga ishonch bag'ishlaydi.
Yaqin do'stim Xurshid Tojiboev bir necha kun oldin prof ringdagi debyutini ajoyib nishonladi. Umid qilamanki, men Dubaydagi muxlislar uchun shou taqdim etib bera olaman", - deya SHahobiddin Zoirovning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MTK Global kompaniyasi rasmiy sayti.
Fikrlar