20 noy 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov ringga qaytmoqda...mi?
Rio Olimpiadasi chempioni SHaxobiddin Zoirov yaqin kunlarda ringga qaytishi mumkin.
Bokschimizni Rio Olimpiadasidan so'ng faqatgina Rossiyada bo'lgan turnirda ko'rgandik. U o'sha musobaqada barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylangandi.
Bugun Zoirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga boks zalidagi mashg'ulotidan surat joylashtirdi. Bundan bir necha kun oldin esa u Instagrami orqali "Ringga qachon qaytasiz?" degan savolga "yaqin kunlarda yangilik bo'lib qoladi" deb javob qaytargandi.
Voqealar rivoji shuni ko'rsatmoqdaki, nasib qilsa, Rio Olimpiadasi chempioni yaqin kunlarda yana o'z janglari bilan bizni xushnud etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar