11 iyu 21:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov tarozidan o'tdi, uning raqibi o'zgargan FOTO
Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov ertaga Saudiya Arabistonida ringga ko'tariladi.
Avvaliga bokschimiz Jiddada o'tkaziladigan jang oqshomida hindistonlik engilmas charm qo'lqop ustasi Amandip Singhga qarshi ringga chiqishi lozim edi. Biroq, malum bo'lishicha bokschimizning raqibi o'zgargan. U ertaga boshqa bir hind bokschisi Sandib Singh Battiga qarshi jang qiladi.
Bugun har ikki bokschi ham tarozidan o'tdi. Bokschilar belgilangan meyorni bajarishdi.
Malumot uchun, Zoirov shu kungacha prof ringda ikkita jang o'tkazgan va ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. Hindistonlik bokschi esa bitta g'alaba va bitta mag'lubiyatga ega.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar