28 noy 14:13
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahobiddin Zoirov va Abdulhay SHorahmatov yarim finalga yo'l oldi + FOTO
Surxondaryoda boks bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.
Aksariyat muxlislarimizning etibori -56kg vazn toifasidagi janglarga qaratilgan.
Ushbu vazn toifasida Olimpiada chempioni SHahobiddin Zoirov va "Uzbek Tigers" azolari Abdulhay SHorahmatovlar mamlakat chempionligi uchun jang o'tkazmoqdalar.
Bugun bo'lib o'tgan chorak final janglarida SHahobiddin Zoirov buxorolik Bahodir Baratovni, Abdulhay SHorahmatov esa namanganlik Rahmatilla Qo'zievni mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Qolgan janglarning natijalarini birozdan so'ng etiboringizga taqdim etamiz.
Suratlar O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar