27 sen 13:15
Yangiliklar
Dzyudo

SHahram Ahadov Qingdao Grand Prix 2025 oltin medali uchun tatamiga chiqadi
Xitoyning Cindao shahrida o'tkazilayotgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 100 000 evroni tashkil etgan turnirda ikkinchi kungi finalchilar aniqlandi.
Qingdao Grand Prix 2025 turnirining ikkinchi kuni hamyurtlarimizdan birgina SHahram Ahadov o'z omadini sinab ko'rmoqda. Buxorolik dzyudochimiz o'z ishtiroklarini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan boshladi.
-73 kg vaznda kurashayotgan Ahadov turkiyalik Bilal CHiloglu, 1/4 finalda qozog'istonlik Kuan Barsi, 1/2 finalda tojikistonlik Ahmadzod Masudini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. SHahram birozdan so'ng boshlanadigan final dasturida Qingdao Grand Prix 2025 oltin medali uchun yaponiyalik Yudai Tanakaga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar