01 okt 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov AQSHga jo'nab ketyapti, navbatdagi jang yaqin!
Bugun professional bokschimiz SHahram G'iyosov O'zbekistondagi qisqa tatilni yakunlab, AQSHga jo'nab ketadi.
Bu haqida charm qo'lqop ustamizning o'zi saytimizga xabar berdi. SHahram Meksikada o'tkazgan jangidan so'ng O'zbekistonga qaytgan va orada Turkiyaning Antaliya shahrida o'z mahorat saboqlarini namoyish etgan edi.
- Tatil yakunlandi va bugun Amerikaga yo'l olyapman. Qisqa fursatli dam olishdan so'ng yana zalga qaytaman. Tez orada navbatdagi jangim sanasi aniq bo'ladi. Katta ehtimol bilan noyabr oyida ringga ko'tarilaman, - dedi G'iyosov.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov 25 avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darleys Peresga qarshi jang o'tkazib, raqibini 30 soniya ichida nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar