So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

08 dek 15:20
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov: “Eng katta orzuim ro'yobga chiqdi”

Kecha poytaxtimizdagi “O'zbekiston” anjumanlar saroyida bir guruh yurtdoshlarimizga davlatimizning yuksak mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning farmonlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi arafasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini mustahkamlashga katta hissa qo'shgan, ijtimoiy-iqtisodiy va manaviy-marifiy sohalarda fidoyilik ko'rsatgan bir guruh vatandoshlarimiz davlat mukofotlari – faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Bosh qomusimiz hisoblangan – O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilingan kunga bag'ishlab o'tkazilgan marosimda ana shu yuksak mukofotlar o'z egalariga topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida Rio Olimpiadasida g'olib va sovrindorlar safidan joy olgan 13 nafar muzaffar sportchilarimiz ham bor edi. Ulardan biri SHahram G'iyosovdir.

Boks bahslarida kumush medalni qo'lga kiritgan Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

“Taassurotlar bir olam. Ularni so'z bilan tasvirlash mushkul. O'ylaymanki, nafaqat sportchilar, balki har bir inson Prezidentimizning qo'llaridan davlat unvonini olishni orzu qiladi.

Ana shu baxt menga nasib etdi. “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandim. Orzularimdan biri amalga oshdi. Bu menga kelgusi faoliyatimda qo'shimcha kuch bag'ishlaydi”, - deya o'z quvonchini izhor qildi SH.G'iyosov. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing