29 mar 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov kamar uchun jang o'tkazadi
Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindori SHahram G'iyosov 26 aprel kuni jang qiladi.
Kaliforniya shtatida bo'lib o'tadigan jangda bokschimizga amerikalik charm qo'lqop ustasi Emmanuel Teylor raqiblik qiladi. Jang WBA Intercontenintal kamari uchun o'tkaziladi va 10 raunddan iborat bo'ladi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 25 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautni 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilib olgan.
Havola :
Fikrlar