03 may 20:13
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov koreyalik raqibini muddatidan avval mag'lub etdi
Bokschimiz SHahram G'iyosov Osiyo chempionatining chorak finalida Janubiy Koreya vakili Seon Xyong Liga qarshi jang o'tkazdi.
JCH yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan jangda vakilimiz raqibini yaqqol ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Rio Olimpiadasining kumush medal sohibi ikkinchi raundda koreyalik sportchini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Uchinchi raund yakunlanishiga 2 daqiqayu 10 soniya qolgan bir paytda esa SHahram raqibini texnik nokautga uchratdi. Yana bir hamyurtimiz muddatidan avval yarim finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar