22 avg 17:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/82352_220.jpg)
SHahram G'iyosov Meksikada, jangga ikki kun qoldi
Xabaringiz bor, hamyurtimiz 24 avgust (Toshkentda 25 avgust tongi) kuni Meksikaning Sonora shtati markazi hisoblangan Xermosillo shahrida faoliyatidagi to'qqizinchi jangini o'tkazadi. SHahram Centro de Usos Multiples arenasida o'tkaziluvchi jangda kolumbiyalik Darleys Peresga qarshi ringga ko'tariladi.
O'n raundga mo'ljallangan ushbu jang nufuzi bo'yicha boks kechasining anderkad jangi hisoblanadi. Unda G'iyosov o'ziga tegishli bo'lgan WBA International kamarini himoya qiladi. CHarm qo'lqop ustamiz Xermosilloga etib bordi va ertaga tarozidan o'tish marosimida ishtirok etadi.
Malumot uchun, SHahram G'iyosov shu kungacha prof boksda 8 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Sobiq jahon chempioni Peres esa proffessional ringda 40 marotaba jang qilgan. Ularning 34 tasida g'alaba qozongan (22 ta nokaut). To'rt marotaba yutqazgan (3 ta nokaut). Ikki jang durang natija bilan yakunlangan.
Fikrlar