22 iyu 14:00
Yangiliklar
SHahram G'iyosov: “Men tushuna olmayapman, nimalar bo'lyapti o'zi?”
Boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangga qiziqish juda ham yuqori. Jang natijasidan qatiy nazar har ikki ishtirokchi 100 mln dollar mukofot puliga ega bo'ladi.
Hozirda bo'lajak jang juda ko'pchilik tomonidan tanqid ostiga olinmoqda. Ayrimlar bu shunchaki shou, pul ishlashning yangi yo'li deya etibor ham qaratmayapti. Biz ayni mavzu yuzasidan Olimpiada vice-chempioni SHahram G'iyosovning fikrlari bilan qiziqdik.
“Men tushuna olmayapman, nimalar bo'lyapti o'zi? Bu jinnilikku! Endi bu sport emas, bu - biznes va pul ishlash. Men uchun bunday harakatlar behurmatlikdan o'zga narsa emas.
Agar haqqoniy jang bo'lsa, Meyvezer birinchi raunddayoq yaqqol ustunlikda g'alaba qozonishi kerak. Negaki, Makregorning boks tushishi kulguli holat. Konorni xatto bizning ikkinchi raqamli bokschilarimiz ham bemalol yutadi. Meyvezer esa hozirda boks qirollari orasida birinchi”, - dedi G'iyosov.
Fikrlar