05 jan 11:19
Yangiliklar

SHahram G'iyosov: Muxlislar xohlasa, SHohjahon bilan jang o'tkaziladi!
Xatto Hasanboy Do'smatov hazilomuz tarzda ikki bokschini yuzma-yuz uchrashtirdi ham. Lekin SHahram va SHohjahon o'rtasidagi o'ziga xos qarama-qarshilik, ziddiyat ular havaskor boksda shug'ullanib yurgan kezlaridayoq yuzaga kelgan.
Kuni kecha SHahram G'iyosov o'zining Instagram sahifasida muxlislar, o'quvchilari bilan onlayn muloqotga kirishdi. Buxorolik bokschiga berilgan eng ko'p savollar ham aynan mana shu mavzuda bo'ldi.
"Agar siz aziz muxlislar bu jangning o'tkazilishini xohlasangiz, men bunga tayyorman. Fikrimcha, SHohjahonning o'zi ham bunga qarshi emas. Mabodo, yo'q, ikki o'zbek bokschilari o'zaro jang qilmanaglar, desangiz, bu tanlovingizga ham javobim ijobiy bo'ladi.
Bir narsani anons sifatida aytmoqchiman, joriy 2019 yilda Toshkentdagi "Milliy" stadionida katta professional boks oqshomi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda men ham, SHohjahon ham ringga ko'tariladi. Faqat raqiblarimiz boshqa-boshqa bo'ladi", - dedi G'iyosov.
Bizga qolsa ham, bu ikki engilmas bokschimiz hozircha amerikalik va boshqa davlat bokschilarini mag'lubiyatga uchratishda davom etishsin. Xuddi aka-uka Klichkolar kabi asosiy to'rtta chempionlik kamarini o'zaro teng taqsimlab olishsin!
Fikrlar