05 dek 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov navbatdagi jangini "Milliy" stadionda o'tkazadi
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov ayni paytda Toshkentda bo'lib turibdi.
U Yangi yil bayramini ona Vatanda o'tkazib, keyin AQSHga jo'nab ketadi. Bokschimiz shu yilning o'zida oltita jangda ringga ko'tarildi va ularning barchasida g'alabaga erishdi. Janglarning beshtasida raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratdi.
Malumotlarga qaraganda, SHahram G'iyosovning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan poytaxtimizda o'tkaziladi. Jang manzili sifatida "Milliy" stadion tanlangan. Hozir bu borada muzokaralar olib borilyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar