24 fev 07:40
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov navbatdagi jangini o'tkazdi
Havaskor boksda jahon chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindori hisoblangan SHahram G'iyosov Meksikada o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Mazkur jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Edgar Puerto raqiblik qildi.
Hamyurtimiz ushbu reyting jangini muddatidan oldin yakunlay oldi. Beshinchi raundda SHahram zarbalar seriyasini uyushtirdi. SHundan so'ng hakamlar jangni to'xtatishdi va texnik nokautni qayd etildi.
SHu tariqa G'iyosov faoliyatidagi ettinchi jangida ham g'alaba qozondi. U janglarining 6 tasini muddatidan oldin yakunlay olgan. Edgar Puerto esa bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 38 ta jang o'tkazgan. Ularning 25 tasida g'alaba qozongan (19 ta nokaut). 12 marotaba mag'lubiyatga uchragan (6 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar