03 mar 19:35
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov nima uchun "Mir Boksa" kompaniyasini tanlaganini aytdi
Professional bokschimiz SHahram G'iyosov nima uchun aynan "Mir Boksa" kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotganini aytib o'tdi.
"AQSHga borgandan so'ng ikki oy davomida takliflarni o'rgandim. Bu erda variantlar ko'p edi. Ularning ichida menga yoqqani Andrey Ryabinskiy qo'l ostidagi "Mir Boksa" kompaniyasidan edi.
Unga ishondim va ushbu tashkilot takliflari menga maqul keldi. Bir yilda kim 7 ta jang tashkil qilib bera olardi? "Mir Boksa" menga bunday imkoniyat yaratib berdi. Men 11 oy ichida 7 ta jang qildim. Bu prof ringda yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi", - dedi SHahram olamsport.com sayti uchun bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin saytimiz muxlislaridan SHahram G'iyosovga savollar kelib tushgandi. Yaqin kunlarda bokschimiz ishtirokidagi videointervyu etiboringizga havola etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar