07 mar 08:00
Yangiliklar
SHahram G'iyosov nohaqliklar haqida gapirdi
"Faoliyatim davomida nohaqliklar juda ko'p bo'lgan. Ko'p marotaba bunday holatda duch kelganman. Final, yarim final janglarida hakamlar raqibga yon bosishgan. Albatta bunday paytlarda ko'ngil qolgan. Ammo, men ishonishda davom etganman. Yaqinlarim menga doimo dalda berishgan. Sabr qilishim lozimligini aytishgan. Hozir o'sha sportchilarning birortasi yo'q. Men sabr orqali shu darajaga erishdim. SHuni aytishni istardimki, xech qachon taslim bo'lmang. Taslim bo'lmagan sportchini mag'lub etish judayam qiyin. Men ham bunday raqiblarni mag'lub etishda juda qiynalaman. SHuning uchun qaysi sohada bo'lishingizdan qatiy nazar taslim bo'lmang", - dedi SHahram G'iyosov.
Bugun SHahram G'iyosov bilan uyushtirilgan intervyu etiboringizga taqdim etiladi.
Fikrlar