04 sen 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18553_220.jpg)
SHahram G'iyosov: "O'zbeklar va qozoqlar doim do'st bo'lib kelgan"
O'zbekistonlik bokschi SHahram G'iyosov sports.kz saytiga bergan intervyusida Ablayxan Jusupovga qarshi jangi haqida gapirdi.
"Jusupovga qarshi jang men uchun qiyin o'tgan. U yaxshi va aqlli bokschi. Fikrimcha, uni yaxshi kelajak kutmoqda. U yaxshi yigit. Ko'p gaplashib turamiz. Unga ukamdek muomala qilaman. Biz qozoqlar va o'zbeklar bir-birimizga qarshi emasmiz. Biz doimo do'st bo'lganmiz va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Raqobat yaxshi narsa. Bu o'sish va rivojlanish uchun yordam beradi. O'zbeklar qozoq sportchilariga va xalqiga doimo hurmat bilan munosabatda bo'ladilar. Biz ringda raqib bo'lsakda, hayotda do'stmiz", - deydi SHahram G'iyosov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar