31 okt 12:48
Yangiliklar
SHahram G'iyosov professional boksga o'tish arafasida
"Hozircha aniq bir qarorga kelganim yo'q. Lekin, yaqin orada bu borada saytingizga intervyu beraman. Ayni paytda ustozlarimiz bilan ish olib bormoqdamiz. Katta takliflar bo'lmoqda. Bu borada o'ylab ko'raman. Oldinda bizda Osiyo o'yinlari bor.
Takliflar asosan AQSHdan bo'lmoqda. Variantlar orasida Bob Arumga tegishli "TOP RANK" kompaniyasi borligini aytishim mumkin. Undan tashqari Germaniya va Evropaning boshqa mamlakatlaridan ham bor.
Lekin, asosiy maqsadim AQSHga yo'l olish. CHunki, haqiqiy professional boks aynan okean ortida. Haqiqiy shoular o'sha erda tashkil qilinadi" - dedi SHahram G'iyosov.
P.S. Tez orada sportchi bilan uyushtirilgan intervyuning videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar