So’nggi yangiliklar

16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0

07 jan 14:15
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov Riodagi kumush medalni Tokioda oltinga aylantirmoqchi

Boks bo'yicha Rio Olimpiadasi finalchisi, jahon chempioni SHahram G'iyosov ham ayni paytda terma jamoamiz bilan birgalikda Angren shahri, Yangiobod bazasidagi yig'inda ishtirok etmoqda.

Professional boksdagi faoliyatini biroz to'xtatib turgan vakilimiz Riodagi kumush medalni Tokio Olimpiadasida oltin medalga aylantirish uchun astoydil bel bog'lagan. Etiboringizga SHahram G'iyosovning o'z oldiga qo'ygan rejasi va licenzion musobaqaga olib borayotgan tayyorgarligi bo'yicha qisqa suhbatimizni havola qilamiz: 


– Licenzion musobaqaga olib borilayotgan yig'in qanday kechmoqda?
– O'tib borayotgan yig'inga har bir bokschining shaxsiy murabbiylari ham jalb etilgan. Bu samaradorlikni oshirib berishi aniq. Qolaversa, Marat aka Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi mashg'ulotlarni diqqat bilan nazorat qilib bormoqda. Yana ham asosiysi oldinda bizni sparring janglari kutib turibdi. Bazi vazn toifalarida yakuniy tarkibni aniqlab olish uchun yig'indan so'ng Toshkentda sparring o'tkaziladi. SHundan keyin Xitoydagi licenzion musobaqada qatnashuvchi yakuniy tarkib elon qilinadi.


– Xitoyga boradigan bo'lsangiz, Osiyo mintaqasida asosiy raqiblaringiz deb kimlarni ayta olasiz?
– Vaznimda Qozog'iston, Hindiston va yaponiyalik bokschilar hozirda ancha tajriba orttirishgan. Avval ular bilan jang qilib, g'alaba qozonishga ham muvaffaq bo'lganman. Biroq faoliyatimning oxirgi 2 yili professional boksda bo'lib, havaskor boksdan biroz uzoqlashdim. Mana endi yana murabbiylarim bilan bu yo'nalishda ham astoydil ishlayapmiz. Nasib bo'lsa, Riodagi kumush medalni Tokioda oltinga aylantirmoqchiman.


– SHunday fikr bor: havaskor boks professionaldan ko'ra qiyin. Siz bunga qanday qaraysiz?
– To'ppa-to'g'ri. Bular ikkisi xuddi boshqa-boshqa sport, desayam bo'ladi. Sababi havaskor boksda mashg'ulotlar, yuklamalar hammasi boshqacha. Havaskor boksda jang 3 raundda yakuniga etadi va barcha etibor tezlikka qaratiladi. Professional boksda esa uchinchi raunddan so'ng temp berishni boshlaymiz. Ichimda Olimpiadada oltin medalni qo'lga kiritish armoni qolib ketayotgan edi. Ustozlarim shunday niyatimni amalga oshirish uchun imkon berishdi va bundan samarali foydalangan holda xalqimizni xursand qilishga vada beraman.

Malumot uchun, Yangiobod yig'ini 14 yanvar kuni nihoyasiga etadi va terma jamoamiz bir necha kun o'tgach Xitoyga yo'l oladi. Uxan shahri 2-15 fevral kunlari boks bo'yicha Osiyo qitasi uchun Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 jan 14:23:12
Bek
Майли олтин медал ўз йўлигаю лекин хаваскор боксга қайтиш, Шахрам учун орқага қўйилган қадам бўлди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing