27 apr 05:27
Yangiliklar

SHahram G'iyosov to'liq 10 raundlik jang o'tkazdi
Oqshom doirasidagi qiziqarli janglarning birida havaskor boks bo'yicha jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori SHahram G'iyosov ringga ko'tarildi. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamizga amerikalik Emmanuel Teylor raqiblik qildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. SHahram ko'pchilik kutganidek jangni muddatidan avval yakunlay olmadi. Tomas Teylor hakamlik qilgan jang yakunida G'iyosov raqibini 99:91, 99:91, 97:93 hisobida g'alaba qozonib, mag'lubiyatsiz va murosasiz seriyasini davom ettirdi.
Eng muhimi, SHahram G'iyosov WBA Intercontinental chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda 8 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 26 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Bugun oltinchi mag'lubiyatini qarshi oldi. (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.
Fikrlar
kaltak tasir qimasakan raqibigaa