So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

01 may 16:18
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov: "Ushbu g'alaba menga jahon chempionlik kamari uchun jang qilish imkonini beradi"

Professional bokschimiz SHahram G'iyosov yurtimizga qaytib kelganidan so'ng ortda qolgan jang, raqib va yanada ko'proq ishlashi lozimligi haqida gapirdi.

"Jang qiziqarli kechdi. Raqibim juda kuchli va chidamli bokschi ekan. Birinchi raundda menga yaxshigina qiyinchilik tug'dirdi. Lekin shunga qaramay, men keyingi raundlarda o'z xarakaterimni ko'rsatishga erishdim. O'zbeklarning qanday chidamli, mehnatkash ekanligini isbotlashga harakat qildim. Jang to'liq o'n raund davom etgan bo'lsa, hakamlar raundlardan to'qqiztasini meni foydamga hisoblashdi, raqibim bor-yo'g'i bir raundda ustunlikka erishdi. Yakunda, ochkolar hisobida men g'alaba qozondim. G'alabam evaziga WBA Intercontinental kamari sohibiga aylandim. Bu g'alabam menga jahon chempionlik kamari uchun jangga chiqishimga imkon beradi. Nasib qilsa, jahon chempionligi kamarini yurtimizga olib kelaman. 

G'alabaga erishish uchun uzoq tayyorgarlik ko'rdik. AQSHda uch oy davomida to'liq kuch bilan ishlashga harakat qildim. Men uch oy davomida ikki bor ringga ko'tarildim. Dastlabki jangim Meksikada o'tkazildi. Keyingi jangim juda kuchli bokschi bilan bo'lishini bilardik, shunga qaramay biz u bilan jang qilishni istadik. Raqibim menga qadar uchta o'n ikki raundlik jangda ishtirok etib, ularning barchasida g'alaba qozongandi. Uning kuchiga shubha qilmasdik, lekin men o'zimga ishondim va u bilan jang qilishga rozilik berdim. 

Murabbiylarim, promouterim menga ishonishligini aytishdi. Men eplashimni his qildim. Bu g'alabam katta qadam bo'ldi. Ushbu natijalarga erishishni orzu qilardim, kamdan-kam bokschilar professional boksda bunday natijalarni erishadi. Boksda doim jarohatlar, zarbalar bo'ladi, bundan qochib bo'lmaydi. Lekin, mehnat qilishdan to'xtamasangiz, siz niyat qilgan marrangizga erishasiz. 

O'tgan jangda xatolarimni ko'rdim, keyingi safar bu xatolarni qilmaslikka harakat qilib, yanada ko'proq o'z ustimda ishlashga vada beraman", - dedi SHahram G'iyosov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing