25 apr 11:13
Yangiliklar
SHahram G'iyosov va Emmanuel Teylor ko'z urishtirishdi FOTO
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Toshkent vaqti bilan 27 aprel kuni tongda o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida bo'lib o'tadigan jangda charm qo'lqop ustamizga amerikalik bokschi Emmanuel Teylor raqiblik qiladi.
Jang WBA Intercontenintal chempionlik kamari uchun kechadi va 10 raunddan iborat bo'ladi. Bugun tongda bokschilar o'zaro ko'z urishtirish marosimi hamda matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Ertaga tong saharda tarozidan o'tish marosimi o'tkaziladi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 25 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Beshta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.
Fikrlar