26 apr 09:47
Yangiliklar

SHahram G'iyosov va Emmanuel Teylor taroziga chiqdi FOTO
Oqshomning ilk jangida havaskor boks bo'yicha jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori SHahram G'iyosov ringga ko'tariladi. Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamizga amerikalik Emmanuel Teylor raqiblik qiladi.
WBA Intercontenintal chempionlik kamari uchun kechadigan jang 10 raunddan iborat bo'ladi. Bugun tongda bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn (63,5 kg) meyorini bajarishdi.
Malumot uchun, SHahram shu kungacha prof ringda 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Teylor esa 25 marotaba ringga ko'tarilib, ularning 20 tasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Beshta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Faoliyatidagi yagona nokautini 2017 yilning 6 may kuni Lukas Mattisdan qabul qilgan.
Fikrlar