24 apr 23:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadaliev ishtirokidagi jang O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Xabaringiz bor, 27 aprel tongida AQSHda biryo'la ikki nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
Havaskor boksda jahon chempioni SHahram G'iyosov amerikalik Emmanuel Taylorga qarshi WBA Intercontinental kamari uchun jang qiladi.
Birinchi yarim engil vazn toifasida WBA Intercontinental kamari sohibi Murodjon Ahmadaliev esa meksikalik Karlos Karlsonga qarshi reyting jangi o'tkazadi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, ushbu jang 27 aprel tongida "Sport TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Jang translyaciyasi soat 06:30 dan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar