13 noy 17:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va SHohjahon Ergashev yangilangan WBC reytingida nechanchi o'rinda?
Xabar berganimizdek, Butunjahon boks uyushmasi (WBC) professional bokschilarning yangi reytingini elon qildi.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) faoliyatini davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev WBC reytingida 28-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz, mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan SHahram G'iyosov esa 22-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov 25 avgust kuni Meksikada kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darleys Peresga qarshi jang o'tkazib, raqibini 30 soniya ichida nokautga uchratgandi. SHohjahon esa 24 avgust kuni AQSHning Oklaxoma shtati Broken-Arrou shahrida meksikalik Abdiel Ramiresni 4-raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar