So’nggi yangiliklar

06:48Бугун Осиё чемпионатида оғир вазнли дзюдочиларимиздан медаллар кутамиз 0 01:43Фазлиддин Эркинбоев - Жаҳон чемпиони! 0 00:28Навбатдаги ғалаба! Акмалжон Исроилов ҳам ЖЧ финалчилари қаторига қўшилди 0 23:35ЖЧ-2025. Азиза Зокирова терма жамоамиз ҳисобига навбатдаги бронза медалини қўшиб қўйди 0 22:20Феруза Казакова Жаҳон чемпионатини бронза медали билан якунлади 0 19:49Жавоҳир Умматалиев Жаҳон чемпионати финалига чиқди! 0 19:40Асадхўжа Мўйдинхўжаев жангсиз финалга йўл олди 0 18:59Дзюдочиларимиз Осиё чемпионатининг илк куни 9 та медаль қўлга киритишди 0 18:38Дана Уайт Жон Жонсни Оқ уйдаги UFC турнирида кўрмоқчи эмас 0 18:17Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда 0 17:53Александр Усик Канело — Кроуфорд жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:28Турки аш Шайх Канелонинг Кроуфорд билан жангда қанча пул олишини айтди 0 17:05Дана Уайт Канело — Топурия эҳтимолий бокс жанги ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 16:43"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди 0 16:21Сабина Бобоқулованинг қозоғистонлик рақибга қарши жанги якунланди 0

25 fev 15:57
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov: "Yaqin orada yana jang qilaman, 10 kundan so'ng tafsilotlar aniq bo'ladi"

Bokschimiz SHahram G'iyosov professional ringdagi ettinchi g'alabasini tantana qildi.

U meksikalik Edgar Puertoga qarshi jangda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi. SHahram mazkur jangdan so'ng MOQ matbuot va media departamentiga qisqa intervyu berdi.

"Birinchi navbatda meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Biz fevral oyida jang bo'lishini kutmagandik. Ammo, vaziyat shunday bo'ldi. Meksikalik bokschi jangga chorladi, biz esa buni rad eta olmadik. Tayyorgarlik uchun kam vaqt - 25 kun bo'ldi. Bundan tashqari, raqib yashaydigan mamlakatga safar qildik.

Jang haqida gapiradigan bo'lsam, oson o'tdi deya olmayman. Men raqibimdan bunday harakatlarni kutmagandim. Ringda qiyin, biroq yodda qolarli jang bo'ldi. Yaxshigina tajriba to'pladim. SHuni aytib o'tishni istardimki, meksikalik bokschilar chidamli hisoblanadi. U besh raund chidab berdi. Qaysidir pallada nokaut bo'lmasa kerak degan o'y ham hayolimdan o'tdi. Ammo, yakunda biz baribir murabbiy va menejerlarim bilan o'ylagan rejamizga erishdik.

Yaqin kunlarda yana bir jangni kuting. 10 kundan so'ng bu haqida elon qilamiz", - dedi SHahram G'iyosov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing