29 noy 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovga mukofot topshirildi FOTO
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz SHahram G'iyosovning kecha AQSHdan Toshkentga qaytib kelgani haqida xabar bergan edik.
Kecha charm qo'lqop ustamiz O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligida taqdirlandi. Sport vaziri Dilmurod Nabiev SHahram G'iyosovga "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishoni topshirdi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov yakshanba tongida meksikalik Migel Zamudioni sakkiz raundga mo'ljallangan jangning birinchi raundidayoq nokautga uchratgandi. Bu bilan u faoliyatidagi oltinchi g'alabasini tantana qilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar