07 iyu 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovni tabriklaymiz!
Bugun jahon chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi SHahram G'iyosov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Malumot uchun, SHahram G'iyosov 1993 yilning 7 iyulida Buxoroda tug'ilgan. 2016 yili Rioda o'tkazilgan Olimpiya o'yinlarida finalgacha etib borgan va kumush medal sohibiga aylangan. 2017 yili Osiyo va jahon chempionatlarining oltin medali sohibi. "O'zbekiston iftihori" unvoni sohibi. Bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirmoqda.
Fursatdan foydalanib, bokschimizni bugungi tug'ilgan kuni bilan bilan muborakbod etamiz. Unga o'zi istagan barcha orzu-istaklarga erishib yurishini, professional ringda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilaymiz.
Havola :
Fikrlar