28 fev 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahramga savol yo'llang, eng yaxshi savolga G'iyosovning sovg'asi bor!
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHahram G'iyosov muxlislarning savollariga javob berishga shay.
Agar sizni qiziqtirgan original savollar bo'lsa, shu xabar ostida yozib qoldirishingiz mumkin. Eng yaxshi savol sohibiga SHahram G'iyosovning maxsus sovg'asi bor. Faqat sovg'ani charm qo'lqop ustamiz AQSHdan qaytganidan so'ng shaxsan o'zi topshiradi.
G'iyosov savollarga javobni video ko'rinishida yo'llaydi va tabiiyki, ushbu video lavha saytimiz va Youtube kanalidagi sahifamizga joylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Ringda chiqganizda raqibga nisbatan o‘zingizni jaxlingizni qanday chiqara olasiz ?
1) Siz boks hayoti tufayli o'zingizga qadrli bo'lgan nimalardan yoki kimlardan uzoqlashishga majbur bo'lgansiz?
2) Boks bilan shug'ullanishni boshlaganingizdan buyon erishilgan yutuqlardan shaxsan o'zingiz uchun eng kattasi qaysi deb o'ylaysiz?
3) Yuqoridagi Savollarga bergan javoblaringizdan kelib chiqib sizdek muvaffaqqiyatli sportchilarga havas qilib sportga Kirib kelayotgan biz yoshlarga g'alabaga erishishimiz uchun nimalar qilishni va qaysi odatlardan voz kechishni maslahat berasiz?
2-savol. Tasavvur qilaylik siz kelajakda yutishingiz mumkin bo'lgan hamma yutuqlarni qo'lga kiritdingiz ( Hudo nasib qilsin ) , shunday holatda o'zingizni qanday his qilgan bo'lardingiz ?
3-savol. Bokschi emas balki boksdagi darajangiz kabi futbolchi bo'lganingizda Real yoki Yuventusdan emas balki Barselonadan taklif tushsa qabul qilarmidingiz ?