25 noy 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahramning qozog'istonlik sobiq va bo'lajak raqibi ham mag'lubiyatsiz davom etmoqda
Qozog'istonlik bokschi Daniyar Eleusinov professional boksdagi beshinchi jangida nikaragualik Markos Moxikaga qarshi ringga ko'tarildi.
Eleusinov jang davomida uch marotaba raqibini uch marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Sakkiz raundlik jangning uchinchi raundiga kelib u raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, qozog'istonlik 27 yoshli bokschi prof ringda beshta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Janglarning uchtasini u muddatidan oldin yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov Rio Olimpiadasi finalida aynan Eleusinovga mag'lub bo'lgan va yakunda kumush medal bilan kifoyalangandi. SHahram va Daniyar katta ehtimol bilan prof ringda ham to'qnash keladilar.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar