So’nggi yangiliklar

19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:25Тони Фергюсон: "Макгрегор мендан қўрққани учун жанг қилмади" 0 16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0

06 jan 15:28
Yangiliklar

Og'ir atletika

SHahrullo Mahmudov Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti lavozimiga qayta saylandi

Teglar :  SHahrullo Mahmudov
Qatar poytaxti Doxa shahrida Osiyo og'ir atletika federaciyasining (OOAF) hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi.

Ushbu sportning qitamizdagi istiqbolli rejalari muhokama qilingan tadbirda OOAF rahbariyatining yangi tarkibi shakllantirildi. Etiborlisi, unda O'zbekiston Yoshlar siyosati va sport vazirining o'rinbosari, mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov OOAFning vice-prezidenti etib qayta saylandi.

Ovoz berish natijalariga ko'ra, tashkilotning amaldagi prezidenti Yusuf Al Mana rahbarligini davom ettiradigan bo'ldi. SHuningdek, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Jalud OOAFning birinchi vice-prezidenti, Muhammad Al Harbi esa OOAF Bosh kotibi lavozimiga saylanishdi.

Saylangan va tasdiqlangan rasmiylar Parij-2024 Olimpiadasigacha bo'lgan davr mobaynida o'z lavozimlarida faoliyat yuritishadi. Qayd etish joiz, SHahrullo Mahmudov bungacha ham OOAFning vice-prezidenti, shuningdek, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mitasi azosi sifatida samarali faoliyat olib borgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing