25 noy 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

SHart qo'yildi! Usik WBA kamarini Lebedevdan himoya qiladi
Butunjahon boks associaciyasi ushbu yo'nalish chempioni Aleksandr Usik oldiga shart qo'ydi.
Unga ko'ra, ukrainalik jahon chempioni 2019 yilning 10 martigacha o'ziga tegishli bo'lgan WBA kamarini “tatildagi chempion”, rossiyalik Denis Lebedevdan himoya qilishi lozim. Bu malumotni Lebedevning menejeri Vadim Kornilov tasdiqladi.
“Agar Usik superog'ir vazn toifasiga o'tsa, u holda WBA kamari avtomatik tarzda Lebedev qo'liga o'tadi. Bunday bo'lishini istamasa, u Sergeydan WBA kamarini himoya qilishi shart bo'ladi. Usik va Lebedev 2019 yilning 10 martiga qadar o'zaro jang o'tkazishlari shart”, - dedi Kornilov.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar