So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

28 sen 21:25
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Mirziyoev Ekaterinburgdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschi va murabbiylarni taqdirladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.

Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko'lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo'lga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 6-22 sentyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari o'rtasida boks bo'yicha bo'lib o'tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko'rsatib, birinchi o'rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo'shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog'lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, yoshlar ongida milliy g'urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun quyidagilar faxriy unvon va medallar bilan mukofotlansin: 


«O'zbekiston iftixori» 

Jalolov Bahodir Isomiddin o'g'li    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o'g'li    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi


«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi» 

Kurbanov Marat Galievich    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Qilichev To'lkin Maxmurovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo'yicha murabbiyi

Erkaev Baxodir Turgunovich    -    Farg'ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabining boks bo'yicha murabbiyi


«O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» 

Zoirov SHaxobidin SHokirovich    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi


«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Baturov Bobo-Usmon SHamsutdin o'g'li    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

Ro'zmetov Dilshodbek Yusupbay o'g'li    -    Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi


«SHuhrat» medali bilan

Axmedov Burxon Baxramovich    -    Paxtakor tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabining boks bo'yicha murabbiyi, Jizzax viloyati

Qilichev Farruh Komilovich    -    CHirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo'yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev

Reyting:    

Fikrlar

   
30 sen 10:36:59
Sancho
Raxmatjon aka olib ulgurgan

   
28 sen 21:27:02
Bobonur Nurmatov
Raxtakjon Ruzioxunovga hichnima yugmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing