31 mar 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonov amerikalik Nil Magni bilan jang qilmoqchi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC jangchisi 27 yoshli qozog'istonlik SHavkat Rahmonov amerikalik 34 yoshli Nil Magniga jang o'tkazish taklifi bilan murojaat qildi.
"Nil, men bilan jang qil. Hech kim men bilan jang qilishni istamaydi”, — deya SHavkat tvitterida har qanday raqibga qarshi jang qilishga tayyorligini aytgan Magniga ishora qilib.
SHavkat Rahmonov UFC'da uchta jang o'tkazib, ularning hammasida muddatidan avval g'alaba qozongan. SHuningdek, Rahmonov havaskorlar o'rtasida eng yosh jahon chempioni va M-1 Global promouterlik chempioni hisoblanadi.
Nil Magni so'nggi bor UFC Fight Night 205 turnirida Maks Griffin ustidan g'alaba qozongandi. U MMA bo'yicha jami 39 ta jang o'tkazib, ularning 29 tasida g'alaba qozongan. SHuningdek UFS'ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida 9-o'rinni band etgan. Rahmonov esa 15-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar