08 okt 11:07
Yangiliklar
SHavkat Rahmonov Maykl Morales bilan jang qilishga tayyor
"Nomad" aniq ismlarni tilga olmagan bo'lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabari u ushbu qarama-qarshilikka tayyor ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.
"19-0 vs 19-0. 2027", – deb yozdi Rahmonov o'zining mashg'ulot videosi ostidagi izohda.
Ushbu izohlarga zid ravishda, Yen Machado Gerri ikki kun avval Maykl Moralesga qarshi jangi rejalashtirilayotgani va u UFC turnirlaridan birining markaziy jangi bo'lishi kerakligini malum qilgan edi.
Agar Rahmonov va Morales o'rtasidagi jang amalga oshsa, har ikki mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan yarim o'rta vazn vakillari uzoq tanaffusdan so'ng oktagonga qaytishadi. Qozog'istonlik jangchi 2024 yilning dekabr oyidan beri jang o'tkazmagan. O'shanda u chempionlikka davogarlik jangida hakamlarning yakdil qarori bilan Gerrini mag'lub etgan va shundan so'ng tizzasidagi jarohat sabab ikki marta operaciya qilinib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Ekvadorlik esa oxirgi marta o'tgan yilning noyabr oyida amerikalik SHon Bredini birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag'lub etgandi.

Fikrlar