So’nggi yangiliklar

12:51МЮ 60 миллионга олган футболчисини сотишга тайёр 0 12:30Нурсултон Рўзибоев American Top Team'да шуғулланяпти (ФОТО) 0 12:09Винсент Кеймер чемпион бўлган Grenke Freestyle Chess Open турнирида ҳамюртларимиз қандай натижалар қайд этишди? 0 11:42Осиё чемпионати: Кундузги дастурда икки боксчимиз финал чиптасини ҳал қилди, Нигина Ўктамова мусобақани бронза медали билан якунлайдиган бўлди 0 11:13Пролига. Бугун 1-тур якунланади 0 10:52UFC Қозоғистонга шу йилнинг ўзидаёқ кирмоқчи 0 10:31Осиё чемпионати: Ботиров ва Цицуашвили олтин учун гиламга чиқади, яна уч курашчимизда бронза медали учун имкон бор 0 10:10Азизбек Темиров жанг қиладиган RIZIN турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:49Sofascore. "Башакшеҳир" дуранг ўйнади. Шомуродов неча баҳо олди? 0 09:28Эркебулан Токтар жангни сотгани ҳақидаги гап-cўзларга жавоб қайтарди 0 09:00Полина Кудерметова Мадридда муваффақиятли старт олди 0 08:32Осиё чемпионати. Бугун 6 нафар ўзбекистонлик боксчи ярим финалда рингга кўтарилади 0 08:07Суперлига. Бугун 6-турга старт берилади 0 00:14Муҳаммадзоҳид Суяров — Grenke Chess Open 2026 чемпионига айланди! 0 19:20Икки нафар боксчимиз Осиё чемпионати финалида, яна икки нафарида бронза 0

04 apr 08:04
Yangiliklar

Kurash

"SHayxontohur tuman prokurori kubogi" uchun kurash musobaqasidan FOTOGALEREYA

Toshkent shahar kurash federaciyasi tomonidan poytaxtda aholi o'rtasida kurashni ommalashtirish, kurash to'garaklari qamrovini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustaqkamlash bo'yicha ibratli ishlar amalga oshirilayotgani ko'pchilikni mamnun etmoqda.

Ilk bor har bir tumanda bittadan maktabda kurash to'garaklari tashkil qilinib, bolalar va o'smirlar sport maktablariga malakali murabbiylar ishga qabul qilindi va kurash gilamlari bilan taminlandi. Har bir tumanda kurash bo'yicha musobaqalar o'tkazilmoqda.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Navro'z bog'i”da “SHayxontohur tuman prokurori kubogi” uchun kurash musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 7 ta vazn toifasida 100 nafarga yaqin o'g'il-qizlar mahoratlarini sinovdan o'tkazdi.

SHu erning o'zida Jizzax shahrida bo'lib o'tgan mamlakat chempionati g'olib va sovrindorlariga esdalik sovg'alari ham topshirildi.

“SHayxontohur tuman prokurori kubogi”da Zarnigor Rahmiddinova, Mamlakat Sultonova, Yigitali CHo'tboev, Muhammad Sadullaev, Ulug'bek Otamurodov, Umar Bozorov, Rifat Xudarovlar o'z vazn toifalarida g'oliblik shohsupasining eng yuqori pog'onasidan o'rin egalladi.

G'olib va sovrindorlar Toshkent shahar va SHayxontohur tuman kurash federaciyalari tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing