22 jan 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27229_220.jpg)
SHennon Briggs Tayson Fyuri bilan muzokaraga kirishdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni SHennon Briggs yana bir sobiq chempioni Tayson Fyuri bilan o'zaro jang yuzasidan muzokara boshlaganini malum qildi.
Amerikalik 46 yoshli bokschining aytishicha, u hozirgi yoshi va holatida ham juda yaxshi sport formasida.
“Faoliyatimni yakunlashim uchun hali yana 2-3 yil vaqt bor. Ayni paytda Tayson Fyuri bilan muzokara olib boryapman. Bizning jangimiz Manchester yoki Londonda bo'lib o'tishi mumkin.Fyurini mag'lub etganimdan so'ng chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanaman”, - dedi Briggs.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval WBA tashkiloti SHennon Briggsni doping istemol qilgani uchun 6 oyga boks faoliyatidan chetlatgan edi. Hozirda bokschi jazo muddatini o'tab, mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar