28 mar 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

SHennon Briggs yozda qaytmoqchi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni SHennon Briggs faoliyatini qayta tiklamoqchi.
Amerikalik 47 yoshli SHennon Buyuk Britaniyadan bokschilik licenziyasini olish uchun ariza topshirdi. Briggs shu yilning yozidayoq ringga chiqishga tayyor ekanligini malum qilgan. U 15 iyun kuni Tayson Fyuri bilan bitta boks oqshomida jang o'tkazmoqchi.
"O'ylaymanki, britaniyaliklar menga bokschilik licenziyasini taqdim etishadi. Katta ehtimol bilan Tayson Fyuri bilan bitta boks oqshomida jang o'tkazaman. Ayni paytdagi mening eng katta oruzim ham shu. Men taslim bo'lmayman va kurashni davom ettiraman", - dedi Briggs.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar