So’nggi yangiliklar

19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0 14:49Александр Усик Верхувенни фаолиятидаги энг қийин рақиб деб атади 0 14:19Рико Верхувен рефери қароридан шикоят қилиш эҳтимоли ҳақидаги саволга жавоб берди 0 13:57Жейк Пол Усик — Верхувен жанг оқшомини танқид қилди 0 13:11"Мен ҳам, Германия ҳам тайёр". Кабайел Усик билан жангга розилик билдирди 0 12:39"Реал" Моуриньюнинг трансфер мақсади учун 100 миллион евро тўлаши керак?! 0

16 okt 12:44
Yangiliklar

Tennis

Shenzhen 4. Sergey Fomin 6-raketkaga qarshi uch setdan iborat murakkab uchrashuv o'tkazdi

Xitoyning SHenjen shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Challenger 75 toifasiga kiruvchi musobaqaning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Saralash bahslaridagi muvaffaqiyatli ishtirok sabab asosiy to'rga yo'llanma olgan hamyuyurtimiz Sergey Fomin 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi, yaponiyalik SHo SHimabukuroga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdi. 

Uch set davom etgan uchrashuvda SHo 4/6, 7/5, 7/5 hisoblarida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Sergey uchinchi setning 11-geymidan keyin o'zini yomon his qilgani bois shifokorlar xizmatiga murojaat qilishga majbur bo'ldi. SHifokorlar bilan uzoq muloqotdan keyin tennischimiz bahsni oxiriga etkazish uchun kortga qaytdi, ammo holati pand berdi.   

Ikki soatu 35 daqiqa davom etgan uchrashuvda Kunchiqar yurt vakili 14, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi esa 8 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Fominda ko'proq bo'ldi - 4 ga 2. Endi SHo 1/4 finalda turnirning ikkinchi raketkasiga qarshi kortga chiqadi. 

Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 492, SHimabukuro 212-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Uch yil avval ular Devis Kubogi doirasida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Sergey raqibini ikki set natijasiga 7/6(1), 7/5 hisobida taslim etgan edi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing