28 jan 17:09
Yangiliklar

SHerali Mamajonov: “Men AQSHga faqat chempionlik kamari uchun keldim
Etiborga molik jihati shundaki, boks oqshomida hamyurtimiz SHerali Mamajonov ringga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Devid Benavidis bo'ladi. Bokschilar qitalararo WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.
“Men bu erga faqat g'alaba ilinjida keldim. Maqsadim -
kuchli raqibimni mag'lub etib, O'zbekistonga chempionlik kamari bilan qaytish. Buning uchun
bor imkoniyatimni ishga solaman. Meni xalqimizning duosi qo'llaydi”, - dedi
Mamajonov saytimizga bergan intervyusida.
Malumot uchun, SHerali professional faoliyatida 15ta jang o'tkazib, raqiblarini 8 bor nokautga uchratgan.
Uning raqibi esa 16ta jangning 15tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan. O'z vazn toifasida dunyoning 20 nafar kuchli bokschisi qatorida etirof etiladi.
Bugun bokschilar tarozidan o'tish marosimida qatanshishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn (76 kg)ni qayd etishdi.
Eslatib o'tamiz, 8 raunddan iborat ushbu chempionlik jangi AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar