01 jan 12:46
Yangiliklar
Futbol
SHerzod Temirovning yagona goli "Arbil"ga g'alaba keltirdi. Futbolchimiz 9 ta o'yinda 9 ta gol urdi
Iroq chempionatining to'qqizinchi turida "Arbil" klubi g'alaba qozondi.
"Arbil" klubi Iroq birinchiligi to'qqizinchi turida "Naft Missan" klubiga qarshi maydonga tushib, o'zbekistonlik SHerzod Temirovning yagona goli evaziga g'alaba qozondi.
Temirov ushbu mavsum qoyilmaqom harakat qilmoqda. CHempionatning to'qqizta turidan so'ng futbolchi hisobida to'qqizta gol bor. "Arbil" klubi Iroq chempionati jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.
"Arbil" - "Naft Missan" 1:0
Gol: SHerzod Temirov

Havola :
Fikrlar